OIV bilan kasallangan odamlar orasida depressiyaning tarqalishi
Depressiya OIV bilan yashaydigan odamlarda, ayniqsa past va o'rta daromadli mamlakatlarda juda keng tarqalgan. Janubiy Afrikalik tadqiqotchilar antiretrovirus terapiyasi (ART) olayotgan OIV bilan yashaydigan odamlar orasida depressiya bilan bog'liq sotsiodemografik omillarni o'rganib chiqdilar. Ularning ishlar natijalari Exploratory Research and Hypothesis in Medicine jurnalida chop etildi.
Tadqiqot
Sinovda 2022-yilda Nigeriyaning Jos shahridagi Universitet kasalxonasida ko‘rilgan 592 nafar ko‘ngillilar ishtirok etdi (ko‘pchiligi 36-45 yoshda edi).
Tadqiqot ishtirokchilari orasida depressiya keng tarqalganligi aniqlandi, 45% ishtirokchilarga depressiya tashxisi qo'yilgan.
Mutaxassislar, shuningdek, depressiya rivojlanishining eng muhim omillaridan biri jins ekanligini aniqladilar: erkaklar ayollarga qaraganda 38% kamroq depressiyaga duch kelishgan.
Bundan tashqari, barqaror ish, o'rtacha daromad va ta'limga ega odamlarda depressiyani rivojlanish xavfi past edi.
Fikrlar
Tadqiqot mualliflarining fikricha, ruhiy salomatlikni qo'llab-quvvatlashning maqsadli tizimlari boshqa dasturlardan tashqari, depressiyani rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan OIV bilan yashaydigan odamlarga taqdim etilishi kerak.
Ruhiy salomatlik juda muhim, ayniqsa surunkali kasalliklar va xolatlarda yashovchi odamlar haqida gap ketganda. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, OIV bilan yashaydigan odamlar ruhiy kasalliklarni rivojlanish xavfi yuqori bo’ladu. Kerakli dori-davoning yo'qligi OIV davolashga rioya qilishga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Mutaxassislar bemorlarning ushbu guruhida ruhiy kasalliklarning ko'payishidan xavotirda. 2030 yilga kelib, ARTni qabul qiladigan odamlar soni, shuningdek, ko'plab qo'shma kasalliklar, jumladan, ruhiy salomatlik holatining tarqalishi prognoz qilinmoqda. Misol uchun, depressiya va tashvish darajasi 60% dan 64% gacha oshadi.