«Ishonch va Hayot» NNT, «Inson huquqlari va OIV-infeksiyasi» loyihasi.
OBYaSh bepul yuridik yordam ko‘rsatishni maslahatlar, huquqiy savodxonlik va OBYaShga nisbatan jamiyatda Toshkent shahrida OBYaShga xizmat ko‘rsatuvchi aholi va mutahassislar bilan ishlash natijasida tolerant munosabatlarni shakllantirish orqali tashkil etish.
ᐅ Ijrochilar «Ishonch va Hayot» NNT va hamkorlar
ᐅ Donor : O‘zbekiston Respulikasida USAIDning( AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi) “Huquqiy islohotlar bo‘yicha Loyiha” dasturini amalga oshiruvchi “ARD Inc”, USAID/LRP.
ᐅ Loyihani amalga oshirish muddati: 12.01.2021 – 11.01.2022
LOYIHA MAQSADI
OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarga bepul yuridik yordam ko‘rsatishni maslahatlar, huquqiy savodxonlik va OIV bilan yashovchi shaxslarga nisbatan jamiyatda Toshkent shahrida OIV bilan yashovchi shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi aholi va mutahassislar bilan ishlash natijasida tolerant munosabatlarni shakllantirish orqali tashkil etish.
LOYIHA VAZIFALARI
• 1-VAZIFA. OIV-infeksiya bilan yashovchi shaxslar va ularning yaqinlariga yuzma-yuz va telefon orqali huquqshunos tomonidan bepul maslahat taqdim etish.
• 2-VAZIFA. Jamiyatda OIV bilan yashovchi shaxslarga nisbatan tolerant munosabatlarni shakllantirish, aholining huquqiy ma’rifatini oshirish va OIV bilan yashovchi shaxslarga nisbatan jamiyatdagi stigma va diskriminasiyaning oldini olish.
2021 yil 15 yanvardan 10 iyulga qadar 716 ta OIV/OITS bilan yashovchi shaxslarga, ularning yaqinlariga, mahalladagi uchrashuvlarda qatnashgan aholining zaif qatlamlari vakillariga yuridik maslahat va hizmatlar ko‘rsatilgan. OIV/OITS bilan yashovchi shaxslarga yuridik va huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahatlar uchrashish orqali, telefonda maslahat byerish orqali va online maslahatlar orqali byerib o‘tilgan.
Asosiy hamkorimiz bo‘lmish – Toshkent shahar OITSga qarshi kurash Markazi bilan birgalikda ularning hududida OBYaSh uchun bepul yuridik maslahat byerish bo‘yicha 2-punkt tashkil qilindi, xizmatlar to‘g‘risida ahborot byeruvchi bannyerlar va huquqshunoslarning aloqa raqamlari joylashtirildi. OBYaSh uchun bepul yuridik maslahat byerish bo‘yicha 1-punkt esa «Ishonch va Hayot» NNT, OIV bilan yashovchi shaxslar jamoatida tashkil qilindi. Loyihaga amaliy ko‘mak Respublika OITSga qarshi kurash Markazi tomonidan ko‘rsatildi.
Loyihani amalga oshirish davri ichida Toshkent shahrining mahallarida 49 yig‘ilish o‘tkazildi. Sessiyalar doirasida mahallalarning 1029 aholisi ishtirok qildi. Mahalladagi yig‘ilishlarda ishtirok etuvchilar OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar huquqlarini himoya qilish, bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari haqida ma’lumot olib, OIV/OITS sohasida o‘z huquqiy savodxonligini oshirdilar.
Loyiha doirasida OIV bilan yashovchi shaxslar uchun bepul yuridik maslahatlar va OIV-infeksiyasi sohasidagi yuridik maslahatlar bo‘yicha ahborot byeruvchi o‘zbek va rus tilidagi bukletlar ishlab chiqildi. Shunga asosan 5000 buklet chop etildi, ular mahalladagi aholi, ofislar va yuridik yordam markazlari orasida tarqatilmoqda. Hozirgi kunga kelib 2510 buklet tarqatildi.
Hamkorlik to‘g‘risida. Loyihaning vazifalarini amalga oshirish imkoniyati «Ishonch va Hayot» NNT va Toshkent shahar tumanidagi hokimiyatlar o‘rtasidagi barqaror munosabatlar rivojlanishi sababli paydo bo‘ldi. Tashkilotimiz tomonidan loyiha va hamkorlik hamda ko‘mak byerish to‘g‘risida xatlar joyiga jo‘natildi (Chiq. №9 25/01/2021y. va Chiq. №47 20/04/2021y). Javob xatlari olinib, loyiha xodimlari bilan tuman hokimiyatlari xodimlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilib, uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Vazirligi bilan ham bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Javob xatlari olinib bir qator hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Loyihaning maqsadiga erishish uchun biz bir qator asosiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘nalishidan bordik. Respublika sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi xizmati, shahar xizmatidan qo‘llab-quvvatlash xatlari olindi. Toshkent shahar hokimligi shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi loyiha maqsadlariga yerishishda ko‘maklashmoqda. Shuningdek, Idoralararo ekspyertlar kengashi kotibiyatida tomonidan ko‘mak olib, qo‘llab-quvvatlandik.
Loyihani amalga oshirganimiz sari hamkorlarning barqaror tarmog‘i qurilayotgani namoyon bo‘lmoqda: sog‘liqni saqlash xizmatlari vakillari, Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi, ijrochi hukumat organlari tuman hokimiyatlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vakillari, O‘zR NNTMA, Toshkent shahridagi faoliyat yurituvchi hamkor NNT. Bu hamkorlik - OIV/OITS va aholini huquqiy tarbiyalash sohasidagi davlat vazifalarini hal etish bo‘yicha ijtimoiy shyeriklikning yaxshi namunasidir. Biz, masalan, shyeriklik ijtimoiy tartibini ishlab chiqish orqali loyihani moliyalashtirish va barqarorlik manbalarini qidirishni kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz.