Bizning to‘g‘rimizda:

Bizning vazifamiz - bu OIV bilan yashovchi shaxslar (OBYaSh), xavfli guruhlarga mansub shaxslar (XGMSh) va ularning yakinlarini har tomonlama qo‘o‘lab-quvvatlash, birlashtirish, xayot sifatini va qadr-qimmatini yaxshilash, stigma va diskriminasiyaga qarshi kurash olib borish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida OIV/OITS epidemiyasi rivojlanishini oldini olish.

 RNNOning asosiy maqsadlari:

  • OIV/OITS kasalliklari bilan yashovchi shaxslarga har tomonlama yordam berish va ularni qullab-quvvatlash, bunday kasalliklar bilan yashovchi shaxslarda ruhiy-emotsional keskinlikni kamaytirish, ushbu kasallik bilan yashovchi shaxslarning kamsitilish va stigmatizatsiya qilinishiga qarshi kurash, ularga nisbatan bagʼrikenglikni shakllantirish;
  • OIV bilan yashovchi, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga dahldor bo‘lgan odamlar va aholining himoyalanmagan guruhlarini ushbu «Hamjamiyatlar platformasi va milliy muloqot!» shiori orqali sogʼliqni saqlash, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari nuqtai nazaridan hayot sifati va qadr-qiymatini yaxshilash uchun birlashtirish;
  • OIV, OITSning darajalarida, virusli gepatitlar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarda sifatli, ommabop va kafolatli davolashni kengaytirishga, notibbiy parvarishga va inson hayotining barcha sohalarida uni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish;
  • O‘zbekiston Respublikasida OIV/OITS kasalliklari bilan yashovchi fuqarolarning huquqlarini, qonuniy manfaatlarini roʼyobga chiqarish va farovonligini taʼminlash sohasidagi davlat institutlari va fuqarolik jamiyatlarining sayʼ-harakatlari samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
  • O‘zbekiston Respublikasida OIV-infektsiyasi, virusli gepatitlar va giyohvandlikni tarqalishiga qarshi kurashishda ko‘maklashish;
  • O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega OIV/OITS kasalliklariga chalingan fuqarolarning tibbiy va ijtimoiy taʼminot tizimidagi korruptsiyaga qarshi kurashish;
  • O‘zbekiston Respublikasida OIV/OITSga chalingan fuqarolarining hayot sifatini yaxshilash maqsadida tibbiy, ijtimoiy, xayriya, taʼlim, madaniy, ekologik, genderli yoki boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyatga ko‘maklashish;
  • O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv jamiyatini shakllantirish va tashkil etishga ko‘maklashish;
  • Jamiyatda stigma va tahqirlarga qarshi kurashish.

 Amalga oshirilgan loyihalar:

• «Ishonch va Hayot» NNT o‘z mandatiga ega bo‘lib, volontyorlik faoliyati sifatida turli tashkilotlar grant mablag‘lari, xayriya aksiyalari va a’zolik badallari hisobidan OBYaSh/XGShM va ularning yaqinlariga notijorat xizmat ko‘rsatib keladi.

• «Ishonch va Hayot» NNT OIV-infeksiyasi sohasida notibbiy parvarishni va ijtimoiy kuzatuvni amalga oshirish uchun etarli salohiyatga ega.

• «Ishonch va Hayot» NNT USAID, BMTRD, O‘zbekistonda OITS, sil va bezgakka qarshi kurash Global jamg‘arma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyaviy ko‘mak olgan.

• 2003 yilda UNAIDS tomonidan «Ishonch va Hayot» NNTni ro‘yhatga olish va mustahkamlash uchun 5000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan.

• 2004 yildan 2014 yilga qadar «Ishonch va Hayot» NNT O‘zbekistonda OITS, sil va bezgakka qarshi kurash Global jamg‘armasining loyihasi bo‘yicha doimiy ravishda moliyalashtirilib kelgan. Ushbu loyiha orqali OIV-infeksiya bilan yashovchi shaxslarni multidissiplinar jamoalar tizimi orqali davolash, parvarish va qo‘llab-quvatlash qo‘lami kengaytirilgan va tashkilot salohiyati mustahkamlangan, ushbu davr ichida Tashkilot tomonidan 200.000 AQSh dollaridan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgan.

• 2017 yilda «Ishonch va Hayot» NNTga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Rahmdillik sari suhbat” loyihasi doirasida 24. 000 000 so‘m ajratilgan.