E'lon. O'zbekistonda "rahmat" mukofotiga nomzodlarni tanlash bo'yicha tanlov.

"RAHMAT" mukofoti OIV / OITS epidemiyasini yengishdagi innovatsion tashabbuslar va hissalarni aniqlash va rag'batlantirish, O'zbekistonda OIV bilan kasallangan odamlarning hayotini yaxshilash uchun ishlayotganlarga hurmat, qo'llab -quvvatlash va e'tiborni bildirish maqsadida o'tkaziladi.

E'lon. O'zbekistonda "rahmat" mukofotiga nomzodlarni tanlash bo'yicha tanlov.

2021 yil 15 oktyabr kuni OIV/OITS bilan yashovchi shaxslarning (OBYASH) ilk birlashmasi "Ishonch va Hayot" NNT va uning hamkorlari quyidagi shaxslar va mutahassislarni taqdirlovchi "rahmat" mukofotiga nomzodlarni tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi:

- tibbiy xodimlar

-OBYASH va tengma teng maslahatchilar

- boshqa kasb vakillari

"RAHMAT" mukofoti OIV / OITS epidemiyasini yengishdagi innovatsion tashabbuslar va hissalarni aniqlash va rag'batlantirish, O'zbekistonda OIV bilan kasallangan odamlarning hayotini yaxshilash uchun ishlayotganlarga hurmat, qo'llab -quvvatlash va e'tiborni bildirish maqsadida o'tkaziladi.

"Rahmat" mukofotiga kimning nomzodini taklif qilish mumkin?

1) OIV bilan yashovchi shaxslar bilan ishlovchi shifokorlar, tibbiyot xodimlari

2) OIV / OITSga qarshi kurashda katta hissa qo'shgan va OIVga yordam ko'rsatgan boshqa kasblar vakili.

3) OBYASH, multdissiplinar jamoalarning autrich xodimlari.

"Rahmat" mukofotiga kim nomzodlarni taklif qilishi mumkin?

4) tibbiyot xodimlarining nomzodini "rahmat" mukofotiga OBYASH guruhi taklif qilishi mumkin (kamida 5 shaxs).

5) OIV / OITSga qarshi kurashda katta hissa qo'shgan va OIVga yordam ko'rsatgan boshqa kasblar vakillarini Obyashlar guruhi(kamida 5 shaxs), OITSga qarshi kurash markazlari shifokorlari, halqaro tashkilotlar xodimlari taklif qilishi mumkin.

6) OBYASH, multdissiplinar jamoalarning autrich xodimlari orasida "rahmat" mukofotiga nomzodlarni: muldissiplinar jamoa shifokorlari, OITSga qarshi kurash markazlari shifokorlari, sub-loyihalar ma'muriyati, halqaro tashkilotlar xodimlari taklif qilishi mumkin.

Nomzodlarni tanlash shaklini to'ldirish va nomzodning muvvafaqiyatlarini tasvirlovchi qo'shimcha xatni yo'llash istagida bo'lganlar, nomzodning rasmini ilova qilgan holda "Ishonch va Hayot" NNTning elektron manziliga <[email protected]> murojaat qilishi mumkin, nushaga <[email protected]>manzili qo'yiladi va "tanlov" izohi belgilanadi. Barcha hujjatlar 2021 yilning 15 noyabriga qadar qabul qilinadi.

Tanlov shartlari va nomzodlarni tanlash shakli bilan siz shuningdek "Ishonch va Hayot"NNT ofisida tanishib olishingiz mumkin : Toshkent, Uchtepa tumani, 12-mavze, 21a uy, B-blok, 3 -qavat(Farhod bozori, Oazis sm) yoki [email protected] elektron manziliga bo'yicha "tanlov" izohi bilan habar jo'nating

Nomzodlar komissiya tomonidan 2021 yil 20 noyabriga qadar tanlab olinadi.

Mukofotlar 1 dekabr kuni halqaro OIV/OITSga qarshi kurash kuni topshiriladi. Tashkiliy qo'mita

Форма на конкурс, 2021.docx
Посмотреть и скачать с Яндекс.Диска