“Silga qarshi birgalikda: 11-tur” Toshkentda

Maqsadimiz - sil kasalligiga chalingan jamoalarning kasallikning yangi holatlarini aniqlash va sifatli tibbiy xizmatlar ko'rsatishda faol ishtirok etishdan iborat.

“Silga qarshi birgalikda: 11-tur” Toshkentda

🎗“ISHONCH VA HAYOT” Respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi vakillari, Toshkent shahri va tumanlar silga qarshi dispanserlar shifokorlari, xususiy tibbiyot klinikalarining terapevtlari, shuningdek, ijtimoiy soha xodimlari va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirokida navbatdagi «Silga qarshi birgalikda: 11-tur» loyihasi doirasida Toshkent shahrida trening o‘tkazildi!

Maqsadimiz - sil kasalligiga chalingan jamoalarning kasallikning yangi holatlarini aniqlash va sifatli tibbiy xizmatlar ko'rsatishda faol ishtirok etishdan iborat. Biz xususiy tibbiyot tashkilotlari orqali silga qarshi kurashning ustuvor yo‘nalishlari doirasida sil kasalligi skriningi va diagnostikasi xizmatlarini ko‘rsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilishning qonunchilik va huquqiy shartlarini ishlab chiqishga intilamiz.

Shuningdek, loyiha doirasida xususiy tibbiyot tashkilotlari xodimlarini sil kasalligi bilan kasallangan bemorlarni skrining, diagnostika va boshqa mutaxasisga yuborish masalalari bo‘yicha yuqori malakali xodimlarni ta’minlaydigan kompleks o‘qitish dasturi amalga oshiriladi, bu esa sil kasalligini aniqlashni yaxshilash va tarqalishini kamaytirishga yordam beradi.

Loyihaning asosiy maqsadlari:

  1. Sil kasalligini tekshirish va diagnostika qilish uchun xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish uchun qonunchilik va huquqiy shart-sharoitlar yaratish.
  2. Toshkent shahridagi xususiy tibbiyot tashkilotlarining xodimlarini sil kasalligi bilan kasallangan shaxslarni skrining tekshiruvi, diagnostikasi va yo‘llanmasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha salohiyatini oshirish, shu jumladan, sil kasalligiga skrining, diagnostika va sil kasalligiga chalingan shaxslarni yunaltirish bo‘yicha xodimlarini o‘qitish.
  3. Sil kasalligi skriningi, diagnostikasi va sil kasalligiga chalingan shaxslarni davolash uchun Toshkent shahridagi xususiy tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish modelini joriy etish.
  4. Sil kasalligiga chalingan shaxslarni, fuqarolik jamiyati tashkilotlarini (NNT), xususiy sektorni, silga qarshi milliy xizmat va davlatni jalb etgan holda sil kasalligini skrining, diagnostika va davolashga yondashuvlarni kuchaytirish bo‘yicha tarmoqlararo ishchi guruhini tashkil etish.
  5. Milliy, mintaqaviy va global miqyosda silga qarshi kurashni rivojlantirish tashabbuslarida ishtirok etish.
❗️ Sil kasalligi uchun skrining so'rovini o'tkazing!
❗️ Bepul va anonim
❗️ Batafsil ma'lumot uchun biz bilan bog'laning!

📞 Ishonch telefoni:
(55) 503-06-00